fbpx

6 oyda Android dasturchisi bo'ling

Play Video

Nima uchun Android sohasi?

Talab yuqori soha
Statistik malumotlarga kora, 2021-yil iyun oyida Android mobil operatsion tizimlarining jahon bozoridagi ulushi 72,84 foizni, iOS ulushi 26,34 foizni tashkil qilgan. 2022-yilga kelib Android o’z mavqeini mustahkamlab, ko’rsatgichi 80 foizga chiqdi. Linkednga qarasak, shu paytgacha Androidga aloqador 167.000 ta ish joyi e’lon qilingan. Upworkda esa hozirning o’zida 5000 tadan ziyod ish o’rni mavjud. 

 

 

Sohaga kirish oson
iOS dasturlash uchun Mac zarur, Undan farqli, Android dasturchi bo’lish uchun sizdan hech nima talab qilinmaydi. Linux, Windows, Mac – hammasidan foydalanishingiz mumkin.

 

 

Daromad yuqori
Boshlang’ich Android dasturchilar kursni bitirib, 3-6 amaliyot o’taydilar. Muvaffaqiyatli amaliyotdan so’ng odatda junior dasturchilar boshlanishiga 300$ dan ish boshlaydilar. Senior darajaga yetgandan keyin esa 2000-3000$ oylik oddiy holatga aylanadi.

Nima uchun aynan Android praktikum kursi?

Siz uchun qulay vaqtda
Kurslarni o’zingizga qulay vaqtda, joriy ishlaringizga xalaqit qilmagan holda o’rganib borishingiz mumkin.


Shunchaki Android “Coder” bo’lmaysiz

Biz sizga haqiqiy dasturchi bo’lishingizga yordam beramiz. Sintaksisni yodlab olgan, “coder”lardan ajralib turasiz. Fikrlashni, muammolarni yechishni o’rgatamiz.


Murakkab loyihalarga asoslangan portfolio
Kurs davomida 3 ta murakkab loyiha: CRM sistema, Messenger, Onlayn do’kon qilasiz. Ushbu murakkab loyihalarni qilish orqali tajriba oshirib borasiz. Yig’ilgan portfoliongiz ishga kirishingizga yordam beradi.


Amaliy topshiriqlar
Har bir modul oxirida topshiriqlarni bajarib borasiz. Bu sizga olingan bilimni mustahkamlashga yordam beradi.


Kichik loyihalar
Yuqorida aytilgan murakkab loyihalardan tashqari, har bir modulda kichik loyihachalar ham qilib boriladi. Bu sizni kattaroq loyihalar qilishingizga zamin yaratadi.

 

Kurs kimlar uchun?

Dasturlashni endi boshlayotganlar
Praktikum kursida barcha bilimlar 0 dan boshlab o’rgatiladi. Shu sababdan, umuman dasturlashdan xabari yo’q yoki ozgina tushunchasi bor o’quvchilar uchun bu kursni ideal deyishimiz mumkin. 

Mobil ilovalar yaratishga qiziquvchilar
Bu praktikumda siz Java va Kotlin tillarini o’zlashtirib, kurs oxirida 3 ta murakkab mobil loyiha: CRM sistema, Onlayn do’kon va Messenger yaratasiz.

 

Dasturchilar uchun
Dasturlash tillarini biluvchi ammo Android sohasini ham o’rganmoqchi bo’lganlar uchun juda ajoyib tanlov bo’la oladi.

Kurs tarkibi

01. Kotlin asoslari

Praktikum boshida kotlin tilidan foydalangan holda dasturlashga kirish qilinadi. Kichik dasturlar va masalalar yechish yordamida ushbu tilning imkoniyatlari o’rganiladi. Ma’lumot turlari va algoritmlar haqida qisqacha to’xtalib o’tiladi.
- Dasturlash muhitini yaratish
- Operatorlar, shartli belgilar va sikllar kabi nazorat tuzilmalari
- Primitiv va noprimitiv ma’lumot turlari
- Bir va bir necha o’lchamli massivlar
- Funksiyalar

OOPning asosiy qonun qoidalarini va ular yordamida dastur yozishni o’rganasiz. To’plamlarga tegishli bo’lgan ma’lumot turlari va ular bilan ishlashdagi maxsus funksiyalardan foydalanasiz.
- Klasslar, ularning strukturasi va ob’ektlar
- Foydalanish modifikatorlari va Inheritence (voris olish)
- Polimorfizm qoidasi
- Abstraktsiya va interfeyslar bilan ishlash
- To’plamlar: List, Queue, Map, Set

02. Android Basics

Android Studioni o’rnatilib, Androiddagi birinchi dasturni yozib ishga tushirib ko’riladi. Oddiy dizaynlar qillishdagi asosiy klasslar bilan tanishiladi. Androidning asosiy komponentalariga kirish qilib, ulardan foydalangan holda oddiy dasturlar qilib ko’riladi.

- Android Studio, Android SDK, Emulyatorlarni o’rnatish
- Android proektining strukturasi, source codelar, resourcelar, manifest va gradle fayllari
- Viewlar, ViewGrouplar va ulardan voris olgan klasslar
- Context, install-time va runtime permissionslar
- Androidning asosiy komponentalaridan Activity, Broadcast Receiver va Content Providerlar
- Intentlar va bir nechta activitylardan foydalangan holda oddiy navigatsiya

Ushbu modul doirasida Random nomli tasodifiy raqam generatsiya qiluvchi va kiritilgan ro’yxatni tasdofiy tartibda joylashturuvchi dastur, sistema va boshqa dasturlar bilan ma’lumot almashish uchun dastur tuziladi.

03. Android Intermediate

Ushbu modulda murakkabroq va dasturlash davomida judayam ko’p foydalaniladigan texnologiyalarga o’tiladi. Internet bilan ishlash, ma’lumotlarni saqlash, ko’p skrinli dasturlar tuzish, mobil dastur dizaynlari bilan ishlash ko’riladi.

- Internet bilan ishlash: Oddiy streamlar, Retrofit
- Dizayn bilan ishlash: Figma
- Malumot saqlashning barcha asosiy usullari: fayllar, SharedPreferences, DataStore, SQLite va Room
- Fragment va uning hayot sikli, FragmentManager
- Single Activity usuli va Navigation Component
- Ko’p tarmoqli dasturlashga kirish

Ushbu modulda birgina lekin barcha dasturlarda mavjud bo’lgan funksiyalar: autentifikatsiya (kirish, ro’yxatdan o’tish) va profil oynalari ustida ishlanadi. Figmadagi sal murakkabroq dizaynlar qanday amalda qilinishi ko’riladi. Foydalanuvchi ma’lumotlari turli usullarda saqlab qo’yilib, ular o’zgartirib yoki o’chirib ko’riladi.

04. Ecommerce

Ecommerce uchun Lokmart deb atalgan 15+ skrindan iborat dastur qilinadi. Dastur funksiyalari: onboarding skrinlari, kirish va ro’yxatdan o’tish. Asosiy ekran, mahsulotlarni qidirish va filtrlash funksiyalari. Mahsulotlarni yoqtirganlarga qo’shish, savatga qo’shish va buyurtma berish. Buyurtmani statusini kuzatish, yetkazib beruvchini haqiqiy vaqtda xaritada qayerda ekanligini ko’rib turish funksiyalari qilinadi.

- MVVM + Repository design pattern
- Dependency Injection: Hilt
- Retrofit, Postman, Mock Server
- DataStore: ma’lumotlarni saqlash, ular o’zgarganda tezkor yangilanishlar olib turish
- Google Maps: nuqtalar va marshrut chizish
- Web Socket: driver qayerdaligi haqida haqiqiy vaqtda xabar olib turish uchun
- Services: driver appda backgroundda lokatsiyani olib foydalanuvchi dasturga web socket orqali jo’natib turish
- Pagination: mahsulotlarni sahifalarga bo’lib, foydalanuvchi pastga scroll qilishi davomida keyingi sahifalarni yuklab olish
- Kotlin Coroutines: internetga jo’natilgan so’rovlar kabi ko’p vaqt oluvchi operatsiyalarni alohida tarmoqda bajarish

05. Messenger

Ushbu dasturda foydalanuvchilar bir birlari bilan real vaqt xabar almashishlarni bajarishlari mumkin.

- Clean Architecture + MVI: Katta hajmdagi kod bazalarini boshqarish va ularni testable qilib yozishda qo’llaniladigan arxitektura
- Dependency Injection: Koin
- Git: loyihada yozilgan kodlarni versiyalar va bir necha dasturchilar jamoasi bilan bitta loyihada ishlashda foydalaniladigan dastur
- Firebase Auth: telefon raqamini SMS kod orqali autentifikatsiya qilib olish va foydalanuvchilarni ro’yxatdan o’tkazish uchun servis
- Firebase Storage: turli fayllarni internetda saqlab qo’yish uchun hosting vazifasini bajaruvchi servis
- Firebase Firestore: foydalanuvchilar ma’lumotlari va yozilgan xabarlarni saqlash, ularni o’zgarishlarini haqiqiy vaqtda olib turish uchun ishlatiladigan servis
- Firebase Cloud Messaging: foydalanuvchilar dasturdan tashqarida turgan payti ham ularga xabarnoma yuborish uchun ishlatiladigan servis
- RxJava: Ko’p tarmoqli dasturlash uchun ishlatiladigan, Kotlin Coroutinesga alternativ bo’lgan kutubxona
- Cicerone: Fragmentlar aro navigatsiyada foydalaniladigan, Navigation Componentga alternativ bo’lgan kutubxona
- Realm: ma’lumotlarni saqlashda foydalaniladigan, Roomga alternativ bo’lgan kutubxona

Kursning ochiq qismini ko'rib, ishonch hosil qiling

1-dars: Hello world

3-dars: Operatorlar

Tasodifiy raqamlar chiqarish dasturini yaratish

Biz haqimizda boshqalar fikri

Biz Mohirdev onlayn ta’lim platformasida ilm berishni maqsad qilganmiz.


Jessica Felicio

Thousands of easy‑to‑install add‑ons mean you’ll never outgrow your website. Collect leads, create contact forms, create subscriptions, automatically backup your site.


Cody Fisher

Thousands of easy‑to‑install add‑ons mean you’ll never outgrow your website. Collect leads, create contact forms, create subscriptions, automatically backup your site.


Annette Black

Thousands of easy‑to‑install add‑ons mean you’ll never outgrow your website. Collect leads, create contact forms, create subscriptions, automatically backup your site.


Theresa Webb

Thousands of easy‑to‑install add‑ons mean you’ll never outgrow your website. Collect leads, create contact forms, create subscriptions, automatically backup your site.

KURS NARXI: 1,500,000 so'm

Ko'p beriladigan savollar

Android dasturlash kursimizning umumiy narxi 1,5 mln so’m. Shu sabab bu summani 6 oy uchun deyishimiz mumkin.

Praktikum Android dasturlash sohasidagi tajribali ustoz tomonidan o’tiladi. Kurs davomida o’quvchilar ish jarayonida talab qilinadigan eng zarur ko’
nikmalarni va eng yangi texnologiyalarni o’zlashtiradilar. Kurs oxirida o’quvchilar portfolio uchun murakkab 3 ta loyihalar qilishadi. Bu loyihalar
qilish orqali ular junior sifatida birinchi ishiga kirishlari mumkin

Kursni boshlash uchun hech qanday talab yo’q, chunki kursimiz 0 dan boshlab o’rgatiladi.

Kurs onlayn videodarslardan tashkil topgan. Videodarslar platformaga joylashtirilgan. Foydalanuvchilar onlayn videodarslarni ko’rishlari mumkin.
Afsuski, darslarni yuklab olish mumkin emas.

Har bir modul so’ngida test topshiriqlari beriladi. Bu topshiriqlar orqali olgan bilimlaringizni mustahkamlab olishingiz mumkin. Bundan tashqari,
katta modullar so’ngida topshiriqlar berilib, yozgan kodingizni o’qituvchi tekshiradi va feedback beradi.

Ha, albatta. ZOOM uchrashuvlari o’tkaziladi va u yerda o’zingizni qiziqtirgan savollarga javob topishingiz mumkin

Albatta. Xohlasangiz, bundan kamroq muddatda darslarni ko’rib tugatishingiz mumkin. Lekin biz kursni 6 oy davomida tugatishni tavsiya qilamiz.

Kurs foydalanish muddati cheklanmagan. Platformadagi videodarslarni istagancha qaytarib ko’rishingiz mumkin.

O’zingizga bog’liq. Haftasiga 10 soat vaqt ajratishni tavsiya qilamiz.

Kursimizni tugatib, siz Junior Android dasturchi sifatida kompaniyalarda ishlashingiz yoki o’zingizni loyihangizni boshlashingiz mumkin.

Buning barchasi o’zingizga bog’liq. Sababi kursdagi bilimlardan tashqari sizning soft skillaringiz – kirishimlilik, jamoada ishlay olish, muammolarga
yechib topish kabi ko’nikmalar maoshingizni belgilashda katta ro’l o’ynaydi.

Xa albatta, shartnoma asosida bo’lib to’lashingiz mumkin. Umumiy summaning birinchi 750 ming so’mni to’laganingizdan keyin, 2 hafta o’tib qolgan yarmini ham to’lashingiz kerak bo’ladi. Shartnoma haqida batafsil ma’lumot olish uchun @mohirdevsales ga murojaat qiling.

Kartadan kartaga pul ko’chirish yo’li orqali kursimizni xarid qilishingiz mumkin. Sotib olish uchun bog’laning: @mohirdevsales.

Bizning raqam: +998 91 005 66 00. Telegram: @mohirdevsales