fbpx

Oldindan qabul

Kurs narxi: 1,370,000 so'm

28-noyabr, 23:59 dan keyin 1,500,000 so'm

Nima uchun Android dasturlash?

  • Talab yuqori soha
    Statistik malumotlarga kora, 2021-yil iyun oyida Android mobil operatsion tizimlarining jahon bozoridagi ulushi 72,84 foizni, iOS ulushi 26,34 foizni tashkil qilgan. 2022-yilga kelib Android o’z mavqeini mustahkamlab, ko’rsatgichi 80 foizga chiqdi. Linkednga qarasak, shu paytgacha Androidga aloqador 167.000 ta ish joyi e’lon qilingan. Upworkda esa hozirning o’zida 5000 tadan ziyod ish o’rni mavjud. 
  • Sohaga kirish oson
    iOS dasturlash uchun Mac zarur, Undan farqli, Android dasturchi bo’lish uchun sizdan hech nima talab qilinmaydi. Linux, Windows, Mac – hammasidan foydalanishingiz mumkin.
  • Daromad yuqori
    Boshlang’ich Android dasturchilar kursni bitirib, 3-6 amaliyot o’taydilar. Muvaffaqiyatli amaliyotdan so’ng odatda junior dasturchilar boshlanishiga 300$ dan ish boshlaydilar. Senior darajaga yetgandan keyin esa 2000-3000$ oylik oddiy holatga aylanadi.

Nima uchun Android praktikum kursi?

Siz uchun qulay vaqtda
Kurslarni o’zingizga qulay vaqtda, joriy ishlaringizga xalaqit qilmagan holda o’rganib borishingiz mumkin.

 

Shunchaki Android “Coder” bo’lmaysiz

Biz sizga haqiqiy dasturchi bo’lishingizga yordam beramiz. Sintaksisni yodlab olgan, “coder”lardan ajralib turasiz. Fikrlashni, muammolarni yechishni o’rgatamiz.

 

Murakkab loyihalarga asoslangan portfolio
Kurs davomida 3 ta murakkab loyiha: CRM sistema, Messenger, Onlayn do’kon qilasiz. Ushbu murakkab loyihalarni qilish orqali tajriba oshirib borasiz. Yig’ilgan portfoliongiz ishga kirishingizga yordam beradi.

 

Amaliy topshiriqlar
Har bir modul oxirida topshiriqlarni bajarib borasiz. Bu sizga olingan bilimni mustahkamlashga yordam beradi.

 

Kichik loyihalar
Yuqorida aytilgan murakkab loyihalardan tashqari, har bir modulda kichik loyihachalar ham qilib boriladi. Bu sizni kattaroq loyihalar qilishingizga zamin yaratadi.

 

Kurslar kimlar uchun?

Dasturlashni endi boshlayotganlar
Praktikum kursida barcha bilimlar 0 dan boshlab o’rgatiladi. Shu sababdan, umuman dasturlashdan xabari yo’q yoki ozgina tushunchasi bor o’quvchilar uchun bu kursni ideal deyishimiz mumkin. 

Mobil ilovalar yaratishga qiziquvchilar
Bu praktikumda siz Java va Kotlin tillarini o’zlashtirib, kurs oxirida 3 ta murakkab mobil loyiha: CRM sistema, Onlayn do’kon va Messenger yaratasiz.

 

Dasturchilar uchun
Dasturlash tillarini biluvchi ammo Android sohasini ham o’rganmoqchi bo’lganlar uchun juda ajoyib tanlov bo’la oladi.

Kurs tarkibi

01. Kotlin asoslari

Praktikum boshida kotlin tilidan foydalangan holda dasturlashga kirish qilinadi. Kichik dasturlar va masalalar yechish yordamida ushbu tilning imkoniyatlari o’rganiladi. Ma’lumot turlari va algoritmlar haqida qisqacha to’xtalib o’tiladi.
- Dasturlash muhitini yaratish
- Operatorlar, shartli belgilar va sikllar kabi nazorat tuzilmalari
- Primitiv va noprimitiv ma’lumot turlari
- Bir va bir necha o’lchamli massivlar
- Funksiyalar

OOPning asosiy qonun qoidalarini va ular yordamida dastur yozishni o’rganasiz. To’plamlarga tegishli bo’lgan ma’lumot turlari va ular bilan ishlashdagi maxsus funksiyalardan foydalanasiz.
- Klasslar, ularning strukturasi va ob’ektlar
- Foydalanish modifikatorlari va Inheritence (voris olish)
- Polimorfizm qoidasi
- Abstraktsiya va interfeyslar bilan ishlash
- To’plamlar: List, Queue, Map, Set

02. Android Basics

Android Studioni o’rnatilib, Androiddagi birinchi dasturni yozib ishga tushirib ko’riladi. Oddiy dizaynlar qillishdagi asosiy klasslar bilan tanishiladi. Androidning asosiy komponentalariga kirish qilib, ulardan foydalangan holda oddiy dasturlar qilib ko’riladi.

- Android Studio, Android SDK, Emulyatorlarni o’rnatish
- Android proektining strukturasi, source codelar, resourcelar, manifest va gradle fayllari
- Viewlar, ViewGrouplar va ulardan voris olgan klasslar
- Context, install-time va runtime permissionslar
- Androidning asosiy komponentalaridan Activity, Broadcast Receiver va Content Providerlar
- Intentlar va bir nechta activitylardan foydalangan holda oddiy navigatsiya

Ushbu modul doirasida Random nomli tasodifiy raqam generatsiya qiluvchi va kiritilgan ro’yxatni tasdofiy tartibda joylashturuvchi dastur, sistema va boshqa dasturlar bilan ma’lumot almashish uchun dastur tuziladi.

03. Android Intermediate

Ushbu modulda murakkabroq va dasturlash davomida judayam ko’p foydalaniladigan texnologiyalarga o’tiladi. Internet bilan ishlash, ma’lumotlarni saqlash, ko’p skrinli dasturlar tuzish, mobil dastur dizaynlari bilan ishlash ko’riladi.

- Internet bilan ishlash: Oddiy streamlar, Retrofit
- Dizayn bilan ishlash: Figma
- Malumot saqlashning barcha asosiy usullari: fayllar, SharedPreferences, DataStore, SQLite va Room
- Fragment va uning hayot sikli, FragmentManager
- Single Activity usuli va Navigation Component
- Ko’p tarmoqli dasturlashga kirish

Ushbu modulda birgina lekin barcha dasturlarda mavjud bo’lgan funksiyalar: autentifikatsiya (kirish, ro’yxatdan o’tish) va profil oynalari ustida ishlanadi. Figmadagi sal murakkabroq dizaynlar qanday amalda qilinishi ko’riladi. Foydalanuvchi ma’lumotlari turli usullarda saqlab qo’yilib, ular o’zgartirib yoki o’chirib ko’riladi.

04. Ecommerce

Ecommerce uchun Lokmart deb atalgan 15+ skrindan iborat dastur qilinadi. Dastur funksiyalari: onboarding skrinlari, kirish va ro’yxatdan o’tish. Asosiy ekran, mahsulotlarni qidirish va filtrlash funksiyalari. Mahsulotlarni yoqtirganlarga qo’shish, savatga qo’shish va buyurtma berish. Buyurtmani statusini kuzatish, yetkazib beruvchini haqiqiy vaqtda xaritada qayerda ekanligini ko’rib turish funksiyalari qilinadi.

- MVVM + Repository design pattern
- Dependency Injection: Hilt
- Retrofit, Postman, Mock Server
- DataStore: ma’lumotlarni saqlash, ular o’zgarganda tezkor yangilanishlar olib turish
- Google Maps: nuqtalar va marshrut chizish
- Web Socket: driver qayerdaligi haqida haqiqiy vaqtda xabar olib turish uchun
- Services: driver appda backgroundda lokatsiyani olib foydalanuvchi dasturga web socket orqali jo’natib turish
- Pagination: mahsulotlarni sahifalarga bo’lib, foydalanuvchi pastga scroll qilishi davomida keyingi sahifalarni yuklab olish
- Kotlin Coroutines: internetga jo’natilgan so’rovlar kabi ko’p vaqt oluvchi operatsiyalarni alohida tarmoqda bajarish

05. Messenger

Ushbu dasturda foydalanuvchilar bir birlari bilan real vaqt xabar almashishlarni bajarishlari mumkin.

- Clean Architecture + MVI: Katta hajmdagi kod bazalarini boshqarish va ularni testable qilib yozishda qo’llaniladigan arxitektura
- Dependency Injection: Koin
- Git: loyihada yozilgan kodlarni versiyalar va bir necha dasturchilar jamoasi bilan bitta loyihada ishlashda foydalaniladigan dastur
- Firebase Auth: telefon raqamini SMS kod orqali autentifikatsiya qilib olish va foydalanuvchilarni ro’yxatdan o’tkazish uchun servis
- Firebase Storage: turli fayllarni internetda saqlab qo’yish uchun hosting vazifasini bajaruvchi servis
- Firebase Firestore: foydalanuvchilar ma’lumotlari va yozilgan xabarlarni saqlash, ularni o’zgarishlarini haqiqiy vaqtda olib turish uchun ishlatiladigan servis
- Firebase Cloud Messaging: foydalanuvchilar dasturdan tashqarida turgan payti ham ularga xabarnoma yuborish uchun ishlatiladigan servis
- RxJava: Ko’p tarmoqli dasturlash uchun ishlatiladigan, Kotlin Coroutinesga alternativ bo’lgan kutubxona
- Cicerone: Fragmentlar aro navigatsiyada foydalaniladigan, Navigation Componentga alternativ bo’lgan kutubxona
- Realm: ma’lumotlarni saqlashda foydalaniladigan, Roomga alternativ bo’lgan kutubxona

Kurs davomida qilinadigan loyihalar

1. Inventory Management
Kotlin dasturlash tilini o’rgansih davomida olingan bilimlardan amalda foydalanish va ularni mustahkamlash maqsadida qilingan, kichik do’konlardagi mahsulotlarni va xaridorlarni boshqarish uchun consoleda ishlaydigan dastur.

2. Random
Tasodifiy raqam chiqarib beruvchi va kirtilgan katta ro’yxatni tasodifiy tartibga o’tkazib beruvchi dastur. Ushbu dasturda Android XML da dizayn chizishda ishlatilagadigan asosiy Layout va Viewlar ishlatiladi. Activity haqida asosiy tushuncha beriladi va bir nechta ishchi ekranli dastur tuziladi.

3. Communicator
Android sistemadagi o’zgarishlar haqida xabar olish va sistemadagi boshqa dasturlar bilan ma’lumot almashish uchun qilingan dastur. Ikkita dastur yaratilib, bir biri bilan o’zaro ma’lumot almashishi ko’rsatilgan.

4. Ecommerce
Onlayn do’kon va ular uchun qilingan mobil dasturlarga hozirgi kunda talab ko’payib bormaqda. Ushbu loyihada ecommerce uchun MVP sifatida ishlatsa bo’ladigan darajadagi va 15+ ishchi oynasidan iborat dastur qilinadi. Onboarding, authentication (kirish, ro’yxatdan o’tish), asosiy ekran, qidiruv, kategoriyalar, mahsulotlarni savatga qo’shish, buyurtma berish kabi funksiyalar amalda qilib ko’riladi.

5. Messenger
Firebase servislaridan foydalangan holda, real vaqtda ishlay oladigan messenjer (xabar almashinuvi dasturi) tuziladi.. Telefon raqamni sms kod orqali tasdiqlab olib, ro’yxatdan o’tish funksiyasi amalda qo’llaniladi. Oddiy xabarlar yuborishdan tashqari, rasm yuborish funksiyasi ustida ishlanadi.

O'qituvchi haqida

Darslar «Ansor» kompaniyasida Android dasturchisi sifatida ishlayotgan Mahmudjon Qalandarov tomonidan o’tilgan.

Kurs narxi: 1,370,000 so'm

28-noyabr, 23:59 dan keyin 1,500,000 so'm

Ko'p beriladigan savollar

Kurs 29 – noyabr kuni to’liq chiqadi. Shu sababdan, 28-noyabr 23:59 gacha kursni oldindan xarid qilgan foydalanuvchilarga chegirma taqdim etilmoqda. 

Chegirmadan faqat bir martalik to’lov orqali foydalanishingiz mumkin.

Mobil dasturlash sohasiga qiziqqan o’rganuvchilarga bu kursni olish tavsiya qilinadi

Savollaringizni maxsus ochilgan Telegram guruhda berishingiz va siz kabi o’rganuvchilar bilan muloqot qilishingiz mumkin. 

Ishga kirishda kursda egallagan bilimlaringizdan tashqari, sizning muloqot qila olish qobiliyatingiz, resume yoza olishingiz va effektiv jamoa bilan ishlash kabi konikmalaringizga qarashadi. Bu ko’nikmalarni shakllantirishga Mohirdev jamoasi yordam beradi.

Xa, kurs foydalanuvchilar uchun har doim ochiq bo’ladi. Bemalol esdan chiqqan mavzularingizni keyinchalik qaytadan ko’rib olishingiz mumkin.